DSQ “O‘rikzor” bozoridagi tortishuv yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi
Jamiyat
−
28 mart 2019
14550Kecha, 27 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkor soliq organi xodimi bilan tortishayotgani aytilgan video tarqaldi. Voqea Toshkentdagi “O‘rikzor savdo majmuasi”da yuz bergan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi mazkur videodagi Murodjon Egamberdiyev soliq idoralari xodimi emasligini ma’lum qildi. DSQ Matbuot xizmati ma’lumotga ko‘ra, voqea qahramoni Uchtepa tuman hokimiyati iqtisodiy bo‘lim xodimi.
Ma’lum bo‘lishicha, u mahalliy hokimliklar qoshida soliq organlariga halol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va shaffofligini ta’minlash uchun ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan jamoat guruhlari ishi doirasida harakat qilgan.
Qayd etilishicha, vaziyat keragicha o‘rganilmay, ushbu videorolik ijtimoiy tarmoqqa tarqatib yuborilgan va bu, o‘z navbatida soliq xizmatlari imijiga salbiy ta’sir qilgan.
DSQ yolg‘on axborot tarqatish tuxmat qilish uchun javobgarlik borligini eslatib o‘tgan.
“Agar fuqarolar yana shunday vaziyatga duch kelsa, masalani tegishlicha o‘rganishni va kerak bo‘lsa soliq idoralarining “ishonch telefoni” orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
O‘zR DSQ ishonch telefoni +99871 244 98 98, 1198
LiveBarchasi