DSQ tan oldi – Shayxontohur DSI xodimlari ishdan bo‘shatilgan

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va nihoyat Shayxontohur tumani soliq idorasidagi ommaviy ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq holat bo‘yicha ma’lumot berdi. Avvaliga xodimlar ishdan bo‘shatilganini rad etgan DSQ raddiyalar ortidan Shayxontohurdagi vaziyatni izohlashga urindi. 

Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi Toshkent shahrining Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasida “korrupsiya o‘chog‘i”ni aniqlagan. 

Xabarda ma’lum qilinishicha, tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ustidan muntazam ravishda ta’magirlik va poraxo‘rlikka oid shikoyatlar kelib tushgan.

“DSI xodimlari ko‘p yillar davomida davlat yoki byudjet manfaatlari uchun emas, balki o‘zlarining nopok maqsadlari ko‘lida ishlab, korrupsiya o‘chog‘ini tashkil etishgan. Tadbirkorlar  esa noilojlikdan bu o‘choqqa tushib qolgan. Oxir-oqibat byudjetni to‘ldirishi va davlatning ijtimoiy poydevorini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar ularning cho‘ntaklariga tushgan”, deyiladi DSQ xabarida. 

Ma’lum qilinishicha, DSQ Shayxontohur tumani DSI xodimlarining galdagi korrupsion xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirgan. Qo‘mita raisining uch o‘rinbosari boshchiligidagi maxsus komissiya ayni vaqtda “inspeksiya xodimlarining qonunga zid harakatlarini aniqlash bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda”.

DSQ xodimlar ishdan bo‘shatilganini rad etayotgani yo‘q. Unga ko‘ra, korrupsion harakatlari fosh etilgan xodimlar ishdan bo‘shatilgan. Qolgan xodimlar maxsus komissiya attestatsiyasidan o‘tkaziladi.

Qizig‘i shundaki, DSQ bundan bir necha kun oldin Shayxontohur tumani DSI xodimlari ishdan bo‘shatilgani haqidagi xabarlarga raddiya bilan chiqqandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Davlat soliq qo'mitasi

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing