DSQ Instagram'da “Giveaway” o‘tkazayotganlar soliqqa tortilishini aytyapti

Jamiyat

image

Bugungi kunda Instagram ijtimoiy tarmog‘ida minglab kuzatuvchilarga ega bo‘lgan blogerlar va shou-biznes vakillarining “Giveaway” yutuqli o‘yinlarini o‘tkazishlari ommalashib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida “Giveaway” o‘tkazganlar 12 foiz soliq to‘lashi kerakligini eslatib chiqdi.

Soliq qo‘mitasining alohida urg‘ulashicha, Soliq kodeksining 393-moddasida “Amaldagi qonunchilikka asosan, soliq solinadigan daromadlarga jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari, ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlari, moddiy naf tarzidagi daromadlari, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari va soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan boshqa daromadlari kiradi”, deb yozilgan. 

“Agar jismoniy shaxslar olgan daromadlari soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan boshqa daromadlari bo‘lsa, ushbu daromadlari jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqqa tortiladi (qonunchilikdagi imtiyozlari inobatga olingan holda). Bu haqda doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish lozim.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish faoliyati (Giveaway) bilan shug‘ulluvchi jismoniy shaxslar olgan daromadlaridan 12 foiz miqdoridagi stavkada daromad solig‘i to‘lashlari lozim (2020 yil 1 iyuliga qadar olgan daromadlari bo‘yicha)”, deyiladi DSQ axborotida.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi PQ-4742-sonli qaroriga asosan, o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati kengaytirilgan. Ushbu faoliyat turlari ro‘yxatiga AKT sohasida xizmat ko‘rsatish – “Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat” (ijtimoiy tarmoqlarda xizmatlarni ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori) turi kiritilgan.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jami daromadlari tarkibiga kiritilmasligi uchun daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Joriy yilning 1 iyulidan boshlab ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat, ya’ni ijtimoiy tarmoqlarda xizmatlarni ilgari surish va reklama qilish hamda ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori o‘zini o‘zi band etgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa olgan daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Bunda mehnat stajiga ega bo‘lish uchun 2020 yilda bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi (111,5 ming so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash lozim bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat soliq qo'mitasi Giveaway

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing