DSENM bosh shifokori o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
24 iyun 2019
6345Samarqand viloyati davlat sanitariya-epedimologiya nazorati markazi bosh shifokori o‘rinbosari va xo‘jalik ishlari bo‘limi mudiri ichimlik suvining iste’molga yaroqliligi haqida xulosa berish uchun pora olayotganda qo‘lga tushdi.
Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmatiga tayanib O‘zA nashri xabar berishicha, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor Sh.S.ning murojaatiga ko‘ra, 2019 yil 22 iyun kuni tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida viloyat davlat sanitariya-epedimologiya nazorati markazi xo‘jalik ishlari bo‘limi mudiri A.O. hamda markaz bosh shifokori o‘rinbosari G.A. ichimlik suvining iste’molga yaroqliligi haqida xulosa berish uchun tadbirkordan 500 ming so‘m pulni pora tariqasida olgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Samarqand viloyati DSENM bosh shifokori o‘rinbosiri G.A. Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov jarayonida qamoqqa olingan.
LiveBarchasi