“Paxtakor” Dragan Cheran bilan xayrlashadi
Sport
−
04 dekabr 2024 8276 1 daqiqa
“Paxtakor” klubining serbiyalik futbolchisi Dragan Cheran "sherlar" safini tark etadi. Bu haqda klub raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev OAV bilan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Dragan Cheranga faoliyatini yakunlab, murabbiylik faoliyatini boshlashni tavsiya berardim. Keyingi yil uni "Paxtakor" rejalarida ko‘rmayapmiz”, deydi Ortiqxo‘jayev.
Ma’lumot uchun, 37 yoshli Cheran 2018 yildan buyon Toshkent klubi safida to‘p tepib kelayotgandi. U “sherlar” bilan 5 marta O‘zbekiston chempioni, 2 marta mamlakat kubogi va superkubogi sohibi bo‘ldi. Transfermarkt portalida futbolchining qiymati 200 ming yevroni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Paxtakor” stadioni qayta ta’mirlanishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr