Dorixonalarda tibbiy spirt o‘rniga losonlar sotilgani aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi ayrim dorixonalarda tibbiy spirt o‘rniga losonlar sotilgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda fuqarolardan Raqobat qo‘mitasiga ba’zi dorixonalar faoliyatidan norozilik bildirilgan murojaatlar tushmoqda. Mazkur murojaatlarda spirt mahsuloti so‘ralganda uning o‘rniga dorixona xodimi tomonidan loson taklif etilayotgani bildirilgan. Shu munosabat bilan Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Sirli mijoz” tadbiri doirasida dorixonalarda spirt mahsulotlarining realizatsiya qilinishi holatlari o‘rganilgan. 

O‘rganishlarda 20 dan ortiq dorixonalar qamrab olingan va shundan taxminan 25 foizida spirt so‘ralganda uning o‘rniga loson berilgani aniqlangan. 

Shu bilan birga, dori vositalarini ishlab chiqarishda GDP sertifikatlari joriy etilib, sifat nazorati kuchaytirilgan davrda ayrim spirt ishlab chiqaruvchilar litsenziya olmagan va spirt o‘rniga loson ishlab chiqarishni boshlagan. Mazkur holat yuzasidan iste’molchilarga to‘liq ma’lumot berilmagani ularni chalg‘itishga olib kelgan.

Ma’lumot uchun, 70 foizli tibbiy spirt sog‘liqni saqlash sohasida, ya’ni: 

  • in’eksiyalar oldidan terini ishlov berish;
  • asbob-uskunalarni sterilizatsiya qilish;
  • yaralarni davolash;
  • jarrohlik amaliyotlarida qo‘llaniladi.

Loson esa tarkibida spirt miqdori past bo‘lgan kosmetik mahsulot hisoblanadi va asosan:

  • terini tozalash va ortiqcha yog‘lanishni kamaytirish;
  • kosmetika qoldiqlarini bartaraf etishga mo‘ljallangan.

Shu bois, spirt o‘rniga loson taklif etilishi kutilgan natijani bermasligi va iste’molchilar sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin. Ushbu holat o‘z navbatida iste’molchilarga noto‘g‘ri ma’lumot berilishi va natijada zarar yetkazilishiga olib keladi.

Raqobat qo‘mitasi amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi alomatlari sifatida e’tirof etilib, dorixonaga nisbatan tegishli ish qo‘zg‘atilishiga olib kelishi va bunday holatlarni oldini olish choralarini ko‘rish haqida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tegishli xat chiqarilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, dorixonalarni iste’molchilarga to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot taqdim etmaslik qonunchilik talablarining buzilishi ekanligi bo‘yicha ogohlantirmoqda.

Eslatib o‘tamiza, avvalroq Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini shifokor retseptisiz sotayotgan dorixona aniqlandgan edi. Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini shifokor retseptisiz sotayotgan dorixona aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

dorixona tibbiy spirt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing