Rishtonda dorixona yonib kul bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
11:08 1259 1 daqiqa
Bugun, 11 iyun kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi dorixonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 03:47 da “112” tizimi orqali Farg‘ona viloyati Rishton tumani, “Anxor bo‘yi” MFY, Ar-Roshidoniy ko‘chasida joylashgan dorixonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta qutqaruv bo‘linmasi soat 03:51 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 03:56 da o‘rab olingan va soat 04:04 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida dorixonaning 40 kv.m maydonida ichki va tom qismi hamda dorixonaga yaqin joyda bo‘lgan Rishton tumani ko‘p tarmoqli poliklinikasining 70 kv.m maydonida tom qismi yongan va zararlangan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar bo‘yicha ma’lumot berilmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy shahridagi ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi