“Dorian” 43 kishini hayotdan olib ketdi
Olam
−
07 Sentabr 2019
6858Bagamadagi "Dorian" to‘foni qurbonlari soni 43 kishiga ko‘paydi, deya xabar bermoqda. RIA Novosti.
Bagama Bosh vaziri Erika Uells Koksga ko‘ra, ko‘plab odamlar bedarak yo‘qolgan, shuning uchun rasmiylar dovul qurbonlari soni sezilarli darajada ko‘payishini taxmin qilmoqda.
Bundan tashqari "Dorian" Bagam orollarida 13 mingta uyni vayron qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Dovul tufayli AQSHning Janubiy Karolina va Jorjiya shtatlaridagi 220 mingdan ortiq aholisi yorug‘siz qoldi. Ushbu shtatlarda, shuningdek Shimoliy Karolinada va Florida shtatida favqulodda holat e’lon qilingan.
LiveBarchasi