Doping sababli Olimpiya o‘yinlaridan chetlatilgan britaniyalik sportchi holatga izoh berdi
Sport
−
15 avgust 2021
3608Britaniyalik yengil atletikachi Chijindu Uja taqiqlangan modda uchun topshirgan doping testi ijobiy natija berganidan so‘ng, ilk marta bunga izoh berdi.
Doping testi natijalari e’lon qilingunga qadar, 27 yoshli Uja Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, 4x100 metrga estafetada yugurish bahslarida Buyuk Britaniya terma jamoasi bilan birgalikda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
“Keling, barcha narsaga oydinlik kiritaylik. Men yolg‘onchi emasman. Hech qachon taqiqlangan moddalarni iste’mol qilmaganman. Bu xabardan tamoman hayratga tushdim. Men bu sport turini yaxshi ko‘raman va o‘z majburiyatlarimni bilaman. Sportda davom etayotgan rasmiy jarayonlarni ham hurmat qilaman. Biroq, bundan keyin hech qanday izoh bermayman”, deydi sportchi Reuters’ga bergan intervyusida
Ma’lumot uchun, Tokio-2020 Olimpiadasidan avval topshirilgan doring-test natijalariga ko‘ra, Ujaning qonida taqiqlangan androgen retseptor modulyatorlari (CMPA) topilgach, musobaqadan vaqtincha chetlatilgan edi.
LiveBarchasi