Donor davlatlar Afg‘onistonga yirik miqdorda mablag‘ ajratishga kelishdi – BMT
Olam
−
14 Sentabr 2021
5477Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilari mamlakat aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 1,1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratishga va’da berdi. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi.
“Bu konferensiya Afg‘oniston xalqi bilan birdamlik nuqtai nazaridan o‘zini to‘liq oqladi”, degan xalqaro tashkilot yetakchisi.
Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, konferensiya ishida o‘nlab mamlakatlar hukumatlari bilan bir qatorda nodavlat va xalqaro tashkilotlar vakillari ham qatnashgan.
Guterrish xalqaro hamjamiyatning Afg‘oniston aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish mexanizmini faollashtirish harakatlaridan mamnunligini bildirdi.
LiveBarchasi