Doniyor Toshxo‘jayev ichki ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Jamiyat

image

Polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Doniyor Toshxo‘jayev vazir o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i vazifasini bajaradi.

Bungacha polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latov ichki ishlar vazirigi birinchi o‘rinbosar, IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Doniyor Qodirov vazir o‘rinbosari etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov Doniyor Toshxo'jaev

Baholaganlar

143

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing