Bosh prokuratura Samarqanddagi zaharlanish bo‘yicha bayonot berdi
Jamiyat
−
17 Sentabr 2019
5297Avvalroq, kecha, 16 sentyabr Samarqandda 7 kishi bir xil klinik belgilar bilan shifoxonaga murojaat qilgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
Unda qayd etilishicha, 16 sentyabr kuni soat 19:30larda Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 7 nafar fuqaro “Ovqatdan zaharlanish toksikoinfeksiyasi yengil-o‘rta darajasi” tashxisi bilan yotqizilgan.
Hozirda bemorlar ahvoli qoniqarli.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, zaharlanish sabablarini o‘rganish borasida o‘tkazilgan dastlabki epidemiologik surushturuvlarda quyidagilar aniqlangan:
• barcha bemorlar Samarqandning Registon ko‘chasida joylashgan “Mo‘’jiza” restoranida 14 sentyabr kuni kechki vaqtda o‘tkazilgan to‘ydan so‘ng ortib qolgan go‘sht va assorti mahsulotlarini uylariga olib kelishgan;
• bu taomlarni joriy yilning 15 sentyabr kuni tushlikda va kechki ovqatda iste’mol qilishgan.
LiveBarchasi