O‘zbekiston Superligasiga start berildi. “Paxtakor” mavsumni g‘alaba bilan boshladi
Sport
−
27 fevral 2020
5158Bugun, 27 fevral kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston superligasi 1-tur uchrashuvlariga start berildi.
Toshkentning “Paxtakor” jamoasi o‘z uyida Namanganning “Navbahor” klubini qabul qildi. Qiyin kechgan uchrashuvda “sherlar” “lochinlar”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va ushbu mavsumdagi dastlabki 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda “Navbahor” jamoasi futbolchisi Ivan Solovev 26-daqiqada hisobni ochdi. O‘yinning ikkinchi bo‘limida “Paxtakor” klubi futbolchisi Igor Sergeyev “Navbahor” darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qildi. Ikki jamoa uchun ham qiyin kechgan bahsda hisob o‘zgarmadi va “Paxtakor” irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Jahongir Sotvoldiyev
LiveBarchasi