MOQda tezkor yig‘ilish o‘tkazildi

Sport

image

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov 30 may kuni respublika sport federatsiyalari va assotsiatsiyalar ishtirokida Tokio-2020 yozgi olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Bunga qadar, MOQ rahbari 10 kun davomida barcha sport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalar faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi. Sport bazalari va u yerda yaratilgan sharoitlarni bevosita borib ko‘rdi. O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi binosida bo‘lib o‘tgan bugungi yig‘ilishda ko‘rilgan asosiy masala aynan tekshiruv hulosalariga bag‘ishlandi.

Ushbu yig‘ilishda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakillari, MOQ mutasaddilari, barcha federatsiya va assotsiatsiyalar mas’ul rahbarlari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdi.

Rustam Shoabdurahmonov bungacha ko‘zdan kechirgan barcha joylar yuzasidan o‘z xulosasini bildirar ekan, ba’zi federatsiyalarda yaratilgan sharoitlarga salbiy baho berdi.

“Barcha federatsiyalarning o‘quv-mashg‘ulot bazalariga tashrif buyurib, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdik. Ahvol ijobiy emas. To‘g‘ri,bir qator federatsiyalar borki, ularda terma jamoa a’zolari uchun juda yaxshi sharoitlar yaratilgan. Lekin ko‘p joylarda hatto sportchilarning yashashi uchun elementar sharoit ham yo‘q. Hukumatimizga rahmat, bizdan kerakli moddiy yordamini ayamayapti. Biz esa o‘z navbatida fursatni boy bermay, zudlik bilan barcha sharoitlarni yaxshilab olishimiz zarur”, dedi MOQ prezidenti.
 
Terma jamoalar uchun xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etish, sportchilarning kuchli sparring raqiblar bilan bahslashib, mahoratini yanada toblab borishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish hususida fikr bildirar ekan MOQ rahbari shunday dedi:

“Menga boks federatsiyasidan Kuba terma jamoasi bilan qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etish bo‘yicha taklif bildirishdi. Buni tegishli tashkilotlar bilan maslahatlashgan holda hal qilamiz, kerakli sharoitlarni yaratib beramiz. Qachongacha sportchilarimiz bir-birlariga sparring raqib bo‘ladi? Marhamat, har bir federatsiya mana shunday qiziqarli va yaxshi taklif bilan chiqsin. Axir Milliy olimpiya qo‘mitasi sizlar uchun faoliyat olib boradi”, deb aytib o‘tdi Rustam Shoabdurahmonov.

Yig‘ilish davomida uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini muntazam tashkil qilish, ular sifatiga e’tibor qaratish, moddiy-texnik базани yanada mustahkamlash borasidagi masalalar bo‘yicha mutassadilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. O‘z navbatida federatsiya mas’ullari ham jahon standartlaridan kelib chiqqan holda o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

MOQ

Baholaganlar

16

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing