Toshkentda qator avtobuslar yo‘nalishlari o‘zgardi
Jamiyat
−
30 yanvar 2020
8812Joriy yilning fevral oyidan boshlab qator avtobus yo‘nalishlarida zgarsh bladi. Jumladan, 2-avtobus saroyiga qarashli 49-“TTZ – Do‘stlik metrosi” yo‘nalishi harakati to‘g‘ri yo‘nalishda Aviasozlar ko‘chasining “Aviyasozlar saroyi” bekatidan Aviasozlar, Qorasuv, Alimkent, Elbek ko‘chalari orqali “Do‘stlik” metrosigacha etib o‘zgartirildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ ma’lum qildi.
63-“Qorasuv 1-mavze – Yunusobod 9-daha” yo‘nalishi esa Oltintepa ko‘chasidan Xirmontepa, Buyuk ipak yo‘li va Mirzo Ululg‘bek ko‘chalari orqali o‘tadigan bo‘ldi.
83-“Yunusobod 6-dahasi – Ekskavator zavodi” yo‘nalishi endilikda Yangi Yunusobod ko‘chasidan Yangi shahar, Chinobod, Amir Temur va A.Donish ko‘chalari orqali o‘tadi.
199-“Ekskavator zavodi – Jismoniy tarbiya instituti” yo‘nalishi avtobuslari o‘z harakatini “Jismoniy tarbiya instituti” bekatidan Qang‘li, Feruza, Navoiy ko‘chalari orqali “Oq qovoq” mahallasidan davom ettiradi. Bu yo‘nalish endilikda “Ekskavator zavodi – Oq qavoq mahallasi” deb yuritiladi.
Shuningdek, 4-avtobus saroyiga qarashli 8-“Sergeli 7-dahasi – Chilonzor 25-dahasi” yo‘nalishi avtobuslari ham endilikda Shokirariq, M.Tursunzoda, Mehrigiyo Parkent yo‘li, THAY va M.Tursunzoda ko‘chalari orqali Sergeli 7-daha ASHBga qadar harakatlanadi.
Bundan tashqari yo‘lovchilar murojaatlaridan kelib chiqib, 2-avtobus saroyi tasarrufidagi 14, 24, 60, 63, 89, 96- hamda 4-avtobus saroyining 8, 32, 38, 57, 80, 84, 122, 135-yo‘nalishlarning jadvallari soniga ham o‘zgartirishlar kiritildi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr