Donald Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Olam

image

Kecha, 13 iyul kuni AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida noma’lum shaxs tomonidan o‘q uzilib, suiqasd uyushtirildi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi.

“Men nimadir noto‘g‘ri ekanligini darhol angladim, chunki shitirlash ovozini, o‘q otishganini eshitdim va darhol o‘q terini kesib o‘tganini his qildim. Ko‘p qon ketdi”, deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Nashrga ko‘ra, Tramp o‘ng qulog‘idan yarador bo‘lgan. Hozirda ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

O‘q uzgan odam va miting qatnashchisi halok bo‘lgan, yana ikki kishi yarador bo‘lgan.

Trampga qilingan suiqasd 1981 yilda AQSHning sobiq prezidenti Ronald Reyganga o‘q uzilganidan beri prezident yoki prezidentlikka nomzodga suiqasd uyushtirishga qaratilgan eng jiddiy urinish bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 27 iyun kuni Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi SNN telekanalida AQSHda prezidentlik saylovlari oldidan ilk teledebat bo‘lib o‘tgandi. CNN tahliliga ko‘ra, Tramp bu teledebatda 30 dan ortiq yolg‘on da’volar bilan chiqqan. Uning ko‘plab so‘zlari joriy prezidentlik kampaniyasi paytida yoki undan oldin allaqachon rad etilgan da’volarni o‘z ichiga olgan. O‘z o‘rnida, Bayden ham bahs davomida 9 ta yolg‘on ma’lumotlarni taqdim qilgan. Lekin bu Tramp bilan solishtirganda ancha kam.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Slovakiya Bosh vazir Robert Fitsoga suiqasd uyushtirilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp suiqasd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing