Don bitimi 120 kunga uzaytirildi

Olam

image

Joriy yilning 19 noyabrida tugaydigan don bitimi 120 kunga uzaytirilmoqda. Bu haqda TV-100 telekanali Istanbul muvofiqlashtirish markazidagi manbalarga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiya rasmiylari bu ma’lumotni hali rasman tasdiqlagani yo‘q.

Shuningdek, manbalar kelishuvni uzaytirish to‘g‘risidagi qaror Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlari eksportiga taalluqli emasligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

don bitimi

Baholaganlar

33

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing