BMT Bosh kotibi Putinga don bitimi bo‘yicha takliflar yozilgan maktub yo‘lladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 24 aprel kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda suhbatdoshlar Ukrainadagi mojaro, shuningdek, Afg‘oniston va Suriyadagi vaziyatni muhokama qilgan. BMT rahbari don tashabbusi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun Istanbulda tuzilgan Qo‘shma muvofiqlashtiruvchi markaz yaqinda duch kelgan to‘siqlardan xavotir bildirgan.

Bosh kotib Lavrovga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uchun yozilgan maktubni topshirgan, unda BMT rahbari tomonidan don tashabbusini takomillashtirish va kengaytirishga qaratilgan, tomonlarning pozitsiyalari va global oziq-ovqat xavfsizligiga xavf-xatarlarni hisobga olgan holda taklif qilingan keyingi harakatlar bayon etilgan. 

Xuddi shunday xatlar shartnomani imzolagan qolgan ikki davlatga ham yo‘llangan.

Shuningdek, Bosh kotib Rossiya Federatsiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rtasida Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘itlarini jahon bozorlarida ilgari surishda ko‘maklashish to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini amalga oshirish bo‘yicha Rossiya tomonidan bildirilgan xavotirlarni ham e’tiborga olgan. U bu borada erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumot bergan va BMTning hal qilinmagan masalalar ustida ishlashni davom ettirish majburiyatini yana bir bor ta’kidlagan.

Bundan tashqari, Guterrish Lavrovga BMT Kotibiyatining Rossiya rasmiylari uchun AQSH vizasi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish borasidagi sa’y-harakatlari haqida ma’lumot bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya BMT Lavrov Guterrish don bitimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing