Samarqandda karantin qoidasiga zid to‘y uchun oshxona ma’muriyatiga chora ko‘rildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 29 avgust kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-son IIBga Samarqand shahridagi “Maroqand” oshxonasida 40 nafardan ortiq fuqarolar bilan to‘y marosimi o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. Bu haqda Samarqand IIB xabar berdi.

Xabarga asosan hudud profilaktika inspektori tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilganda, haqiqatdan ham ushbu oshxona ma’muriyati Respublika maxsus komissiyasining bayoni talablarini buzganligi aniqlangan.

Oshxona ma’muriyatiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand viloyati Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

to'y

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing