Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 21 noyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 3,74 so‘mga ko‘tarildi va 11 914,67 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi esa 49,29 so‘mga tushib, 13 735,23 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,78 so‘mga oshdi va 148,27 so‘mni tashkil etdi.

Xitoy yuani 0,56 so‘mga pasaydi va 1674,58 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 10 400 so‘mga oshdi va 1 mln 625 ming 400 so‘mni tashkil qildi.
 
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 19 noyabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 8 mln 741 ming 940 so‘mga ko‘tarilgan va 1 mlrd 90 mln 431 ming 960 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

valyuta dollar kursi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing