Dollarning rasmiy kursi pasaydi
Jamiyat
−
21 Oktabr 2019
8732O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 22 oktyabrdan amalda bo‘luvchi yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 9448,53 so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan haftadagiga nisbatan 6,71 so‘mga arzonladi.
1 yevro kursi esa 114,48 so‘mga qimmatlab, 10553,48 so‘mni tashkil etdi.
Rubl kursining qiymati ham 0,45 so‘mga arzonlashib, 1 rubl 147,70 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi