Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 noyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 56,73 so‘mga ko‘tarildi va 11 971,40 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 61,81 so‘mga oshib, 13 797,04 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 3,54 so‘mga ko‘tarildi va 151,81 so‘mni tashkil etdi.

Xitoy yuani 9,11 so‘mga balandladi va 1683,69 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 23 000 so‘mga tushdi va 1 mln 602 ming 400 so‘mni tashkil qildi.
 
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 21 noyabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 105 mln 680 ming 897 so‘mga pasaygan va 984 mln 751 ming 63 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

valyuta dollar kursi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing