Dollarning rasmiy kursi qariyb 200 so‘mga ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi tezlashdi. Markaziy bank xorijiy valyutalarning ertaga, 17 mart kuni amalda bo‘ladigan kursini e’lon qildi. Dollar 180 so‘mga qimmatlashgan.

Regulyator belgilagan kursga ko‘ra, 17 mart kuni 1 AQSH dollari 11 330,38 (+180,26 so‘m) so‘mga teng bo‘ladi.

Yevro ham so‘mga nisbatan keskin mustahkamlangan – 1 yevro 12 488,69 so‘m (+177,98).

Oxirgi vaqtlarda xalqaro maydonda eng beqaror valyuta deb topilgan rubl ham so‘mga nisbatan o‘z pozitsiyasini mustahkamlagan. 1 rubl 105,15 so‘m (+5,89 so‘m).

Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 mart kuni O‘zbekistondagi tijorat banklari dollarni 11 200 – 11 385 so‘mdan sotmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

dollar Markaziy bank kurs

Baholaganlar

1034

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing