Dollarning rasmiy kursi 323 so‘mga qimmatladi
Jamiyat
−
20 avgust 2019
5395O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 21 avgustdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 9384 so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan haftadagiga nisbatan 323 so‘mga qimmatlashgan.
1 yevro kursi esa 301,58 so‘mga qimmatlab, 10393,72 so‘mni tashkil etdi.
Rubl kursining qiymati ham 1,67 so‘mga qimmatlashib, 1 rubl 140,14 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi