Dollar, yevro va rublning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
Jamiyat
−
01 iyun 2020
12369O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 2 iyundan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 148 so‘m 31 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 9 so‘m 1 tiyinga qimmatlashdi.
1 yevro kursi 11 262 so‘m 59 tiyinga baholanib, 210 so‘m 75 tiyinga qimmatlashdi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 2 so‘m 70 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 144 so‘m 5 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi