Dollar, yevro va rublning rasmiy kursi birdan ko‘tarildi
Jamiyat
−
05 Oktabr 2020
18181O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, ertaga, 6 oktyabrdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 339 so‘m 68 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 18 so‘m 47 tiyinga qimmatlagan.
1 yevro kursi 12 110 so‘m 87 tiyinga baholanib, 107 so‘m 03 tiyinga qimmatlashdi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 20 tiyinga ko‘tarildi. Xususan, 1 rubl 132 so‘m 27 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi