Dollar, yevro va rubl kursi yangilandi
Jamiyat
−
31 avgust 2022
20160O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan joriy yilning 5 sentyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 28 so‘mga ko‘tarildi, 10 958,01 so‘mni tashkil qildi.
Yevro ham so‘mga nisbatan arzonlashdi. Xususan, 1 yevro 29,99 so‘mga arzonlashib, 10 936,09 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli kursi esa 2,03 so‘mga qimmatlashib, 181,80 so‘mni tashkil etdi.