Dollar, yevro va rubl kursi yana oshdi
Jamiyat
−
08 yanvar 2024 16587 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 9 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 6,08 so‘mga oshdi va 12 390,08 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 0,46 so‘mga balandlab, 13 551,03 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi esa 0,37 so‘mga ko‘tarilib, 136,57 so‘mni tashkil etdi.