Dollar va rublning rasmiy kursi yana pasaydi
Jamiyat
−
09 mart 2020 9171 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 10 martdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 9500 so‘m 54 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 13 so‘m 30 tiyinga arzonlashdi.
1 yevro kursi 10 721 so‘m 36 tiyinga baholanib, 232,35 so‘mga qimmatladi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 2 so‘m 94 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 138 so‘m 91 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Live
Barchasi