Dollar va rubl kursi yana pasaydi
Jamiyat
−
24 fevral 2020
9257O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 25 fevraldan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 9526 so‘m 28 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 2 so‘m 21 tiyinga arzonlashdi.
1 yevro kursi 10 329 so‘m 35 tiyinga baholanib, 10 so‘mga qimmatladi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 1,25 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 148 so‘m 82 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.