Dollar va rubl kursi tushdi
Jamiyat
−
25 dekabr 2023 14584 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,48 so‘mga tushdi va 12 347,63 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 3,15 so‘mga oshib, 13 600,91 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi ham 0,27 so‘mga kamaydi, 134,45 so‘mni tashkil etdi.
Live
Barchasi