Dollar va rubl kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
13 iyul 2022
32864O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan joriy yilning 14 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,91 so‘mga oshib, 10 935,19 so‘mni tashkil qildi.
Yevro so‘mga nisbatan qadrsizlandi. Xususan, 1 yevro 76,77 so‘mga arzonlab, 10 975,65 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining rasmiy kursi 9,68 so‘mga oshib, 187,17 so‘mni tashkil etdi.