Dollar va rubl kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
22 iyul 2022 29170 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan joriy yilning 25 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 20,13 so‘mga qimatlab, 10 919,98 so‘mni tashkil qildi.
Yevro ham so‘mga nisbatan qadrsizlandi. Xususan, 1 yevro 4,62 so‘mga arzonlab, 11 063,61 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi 1,12 so‘mga ko‘tarilib, 188,85 so‘mni tashkil etdi.