Dollar narxi yana o‘sa boshladi
Jamiyat
−
02 noyabr 2020 10207 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, ertaga, 03 noyabrdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 366 so‘m 86 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 6 so‘m 98 tiyinga qimmatlashdi.
1 yevro kursi 12 074 so‘m 28 tiyinga baholanib, 211 so‘m 20 tiyinga arzonlashdi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 5 so‘m 74 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 130 so‘m 37 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel