Dollar kursi yetti kunlik o‘sishdan keyin pasaydi
Jamiyat
−
22 aprel 2021
4025O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 23 aprelidan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 535 so‘m 24 tiyinni tashkil etib, avvalgi kursga nisbatan 16 so‘m 77 tiyinga arzonlashdi.
1 yevro kursi 12 686 so‘m 54 tiyinga baholanib, 16 so‘m 74 tiyinga qimmatladi.
Rubl kursi kechagiga nisbatan 1 so‘m 12 tiyinga qimmatladi. Xususan, 1 rubl 138 so‘m 23 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.