Dollar kursi yana oshdi
Jamiyat
−
29 avgust 2023
47090O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,63 so‘mga oshdi va 12 084,84 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 20,91 so‘mga ko‘tarilib, 13 068,55 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi 0,04 so‘mga tushib, 126,52 so‘mni tashkil etdi.