Dollar kursi yana 12 600 so‘mdan tushdi
Jamiyat
−
02 iyul 11902 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 84,40 so‘mga tushdi va 12 591,71 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 153,86 so‘mga pastladi va 14 821,70 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 1,38 so‘mga kamayib, 160,18 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 iyun kuni ham dollar kursi 12 600 so‘mdan pastlagandi va 12 559,26 so‘mni tashkil qilgandi.