Dollar kursi o‘sishdan to‘xtamayapti. Yevro va rubl arzonlashdi
Jamiyat
−
19 Oktabr 2020 11014 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, ertaga, 20 oktyabrdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 371 so‘m 76 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 7 so‘m 28 tiyinga qimmatlagan.
1 yevro kursi 12 153 so‘m 96 tiyinga baholanib, 101 so‘m 33 tiyinga arzonlashdi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 1 so‘m 84 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 133 so‘m 19 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Live
Barchasi“Chust oshi” ham patentlandi
11 iyun