Dollar kursi tushishda davom etmoqda
Jamiyat
−
16 iyul
22680O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 21,59 so‘mga tushdi va 12 586,03 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 42,44 so‘mga tushib, 13 716,26 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 0,41 so‘mga pastlab, 143,99 so‘mni tashkil etdi.