O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
Jamiyat
−
27 yanvar 2020
9379O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 27 yanvardan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 9563 so‘m 33 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 16 so‘m 28 tiyinga qimmatladi.
1 yevro kursi 10541 so‘m 66 tiyinga baholanib, 44 so‘m 11 tiyinga arzonlagan.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan qimmatlagan. Xususan, 1 rubl 153 so‘m 89 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.