Dollar kursi 12 ming so‘mdan pastladi
Jamiyat
−
27 iyul 3019 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 28 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 30,16 so‘mga tushdi va 11 988,92 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 25,96 so‘mga pasayib, 13 663,77 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,38 so‘mga arzonlashdi va 153,49 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 2,96 so‘mga pasayib, 1771,91 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 100 so‘mga oshdi va 1 mln 837 ming 400 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 27 iyul Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 2 mln 172 ming 501 so‘mga oshdi va 781 mln 997 ming 240 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi