Dollar kursi o‘sishda davom etyapti, yevro esa arzonladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yil 18 iyundan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 17 so‘m 06 tiyinga qimmatlashib, 8535 so‘m 74 tiyinga yetdi.

Yevro kursi esa 86 so‘m 52 tiyinga arzonlab, 9566 so‘mni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 1 so‘m 24 tiyinga qimmatladi, 132 so‘m 57 tiyinga yetdi.

Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

valyuta kursi Markaziy bank

Baholaganlar

26

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing