“Doktor Xaus” seriali aktyori vafot etdi

Olam

image

Amerikaning mashhur “Doktor Xaus” seriali aktyori Andre Brauer vafot etdi. Bu haqda "Variety" nashri xabar berdi.

Bildirilishicha, serialda psixiatr Darril Nolan rolini ijro etgan aktyor 62 yoshda edi. O‘lim sababi qisqa muddatli kasallik ekanligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Andre Brauer 1962 yilda Chikagoda tug‘ilgan. Aktyor ikki karra "Emmi" mukofoti sovrindori. U "Qotillik: Ko‘chadagi hayot" (1993-1999) serialidagi detektiv Frenk Pemblton va "O‘g‘ri" serialidagi usta jinoyatchi Nik Atuoter roli uchun mukofotlarga sazovor bo‘lgan (2006). Shuningdek, u mashhur "Bruklin 9-9" loyihasida (2013-2021) ham ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mashhur “Garri Potter” filmida “Xogvarts” sehrgarlar maktabi direktori Albus Dambldor rolini ijro etgan britaniyalik aktyor Maykl Gembon 82 yoshida vafot etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Doktor Xaus Andre Brauer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar