Dog‘istonda uch kunlik motam e’lon qilindi

Olam

image

Maxachqal’a va Darbanddagi jangarilarning hujumlaridan so‘ng Dog‘istonda 24, 25 va 26 iyun kunlari motam kunlari deb e’lon qilindi. Bu haqda respublika rahbari Sergey Melikov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, motam sabab mahalliy madaniyat muassasalari hamda teleradiokompaniyalarning barcha ko‘ngilochar tadbirlari va eshittirishlari bekor qilingan. Shuningdek, Sergey Melikov Dog‘iston hukumatiga qurbonlarning oilalariga yordam ko‘rsatishni topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 iyun kuni kechqurun Dog‘istonda ikkita terakt sodir bo‘lgandi. Jangarilar Maxachqal’a va Darband shaharlariga hujum qilgan va oqibatda 15 dan ortiq politsiyachi, bir necha tinch aholi  hujum qurboniga aylandi.

Milliy aksilterror qo‘mitaga ko‘ra, tungi soat ikkiga yaqin qo‘mita besh nafar terrorchi zararsizlantirilganini ma’lum qildi: uch nafari Maxachqal’ada va ikkitasi Darbandda. Hozirda yo‘q qilingan jangarilarning sheriklarini qidirish davom etmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Dog'iston motam Maxachqal'a Darband

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing