Dog‘istonda odamlar suvdan zaharlanyapti

Olam

image

Dog‘istonning Magaramkent tumanida uch kun ichida 302 kishi, jumladan, 294 bola markaziy tuman shifoxonasiga ichak infeksiyasi belgilari bilan murojaat qilgan. Bu haqda bugun, 10 iyul kuni respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Mahalliy Rospotrebnadzor ma’lumotlariga ko‘ra, epidemiya Magaramkentdan 14 kilometr uzoqlikdagi Jepelskiy bulog‘idan suv iste’moli bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shifokorlar qishloqlarda uchrashuvlar, epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazmoqda.

Vaziyat Magaramkentga tashrif buyurgan Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Yaroslav Glazov tomonidan nazoratga olingan.

Zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan 3 nafar bemor chiqarildi, 93 nafar bemor shifoxonada qolmoqda.

Kasallik holatlari qayd etilgan aholi punktlari aholisiga ichimlik va ovqat tayyorlash uchun faqat qadoqlangan yoki qaynatilgan suvdan foydalanish tavsiya etildi.

Bildirilishicha, Dog‘istonga suvni zararsizlantirish uchun uch tonna natriy gipoxlorit yetkaziladi.

Kecha, 9 iyul kuni Rossiya Tergov qo‘mitasining mahalliy boshqarmasi tuman uy-joy kommunal xo‘jaligi direktori Renat Xolidovning hibsga olingani haqida xabar berdi. Unga nisbatan “xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

suv zaharlanish Dog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing