Toshkent viloyatidagi qamoqxonada nima bo‘ldi?
Jamiyat
−
21 noyabr 2019
12262Toshkent viloyatidagi jazoni o‘tash muassasida mahkum boshqa bir mahkumni aldab, firibgarlik yo‘li bilan pullarini o‘zlashtirdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi xabar berdi.
Toshkent viloyatidagi 43-sonli manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum B.R. boshqa mahkumning ishonchiga kirib, uni koloniyadan chiqarib yuborish uchun advokatga pora tariqasida pul berish bilan aldab, 2000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan B.R.ga nisbatan JKning 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi