Dmitriy Medvedev Xorazmga bordi
Jamiyat
−
30 may 2019
4533Bugun, 30 may kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya Xorazm viloyatiga keldi.
O‘zAning xabar berishicha, Urganch xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov kutib oldi.
Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Urganch shahrida Hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Mazkur tadbir ikki tomonlama hamkorlikning yangi shakli bo‘lib, unda ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari tomonidan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 24 aprelda bo‘lib o‘tgan yigirmanchi yig‘ilishi yakunlari sarhisob qilinadi va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari va ularning tarkibini amaliy jihatdan boyitish masalalari muhokama qilinadi.
Yig‘ilish yakunida qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi