Dmitriy Bivol bo‘lajak jangiga o‘zbekistonlik bokschi bilan tayyorlanmoqda

Sport

image

Rossiyalik taniqli bokschi, o‘z vaznida Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari sohibi Dmitriy Bivol bo‘lajak jangiga o‘zbekistonlik Samandar Jalolov bilan tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Jalolovning o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 33 yoshli Bivol liviyalik Malik Zinadga qarshi jang uchun sparringlarini aynan Samandar Jalolov bilan o‘tkazmoqda. Bivol va Jalolov BAAning Dubay shahrida 4 ta, Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 3 ta sparring mashg‘ulotida qatnashgan.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli Samandar Jalolov havaskor boksda kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni hisoblanadi. Bivol esa shu vaqtga qadar profboksda 22 ta jang o‘tkazib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Uning Malik Zinadga qarshi jangi 6 iyun kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi. Jang g‘olibi WBA va IBF kamarlariga ega chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Bivol Samandar Jalolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing