DXMlarda “prava”ni almashtirish vaqtincha to‘xtatildi
Jamiyat
−
31 avgust 2022 7546 1 daqiqa
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) va Davlat xizmatlari markazlarida haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish vaqtincha to‘xtatiladi.
Davlat xizmatlari agentligining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati sohasida “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi” joriy qilinganligi munosabati bilan, 1-5 sentyabr kunlari texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu sababdan, YAIDXP va Davlat xizmatlari markazlarida, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish va boshqa avtotransport vositasiga bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qo‘shimcha xabar beriladi.
Live
Barchasi