DXX va IIB oltin qaziyotgan 37 kishini qo‘lga oldi

3-sahifa

image

“Kontexnazorat” tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatidagi ob’ektlarda olib borilgan xizmat tekshiruvlarida oltin qaziyotgan 37 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Jumladan, Shofirkon tumanidagi “Quljuqtov” va Konimex tumanidagi “Tovshan” tog‘ massivlarida joylashgan “Oltin Kon” MCHJ tasarrufidagi hududlarda o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida begona shaxslar tomonidan noqonuniy oltin qazib olish holatlarini aniqlagan. Aniqlangan holatlar yuzasidan materiallar DXXga yuborilgan va DXX, viloyat IIB bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rilgan. “Quljuqtov” massivida o‘tkazilgan tadbir davomida 37 nafar shaxs noqonuniy faoliyat yuritayotgan paytda qo‘lga olindi.

Tadbir davomida 3 ta Ford avtomashinasi, 8 ta perforator, 6 ta kompressor va tarkibida oltin moddasi mavjud bo‘lgan 400 qopga yaqin ruda va boshqa qo‘lbola yasama asbob-uskunalar ashyoviy dalillar sifatida olindi hamda noqonuniy faoliyat orqali davlat va jamiyat manfaatlariga jami 20 mlrd so‘mdan ortiq yetkazilgan zarar aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming AQSH dollariga sotayotgan shaxslar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy DXX Buxoro IIB Kontexnazorat oltin qazish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing